Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Armaniston SHHT a’zosi bo‘lish istagida

Armaniston SHHT a’zosi bo‘lish istagida

Armaniston Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) a’zo bo‘lish istagini bildirdi, deb xabar qildi Armaniston Tashqi ishlar vazirligi.

Mamlakat tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan Pekinga tashrif buyurib, xitoylik hamkasbi Van I bilan uchrashdi. U Shanxay Hamkorlik Tashkilotining asosiy tamoyillari, ya’ni hududiy yaxlitlik, kuch ishlatmaslik va chegaralar daxlsizligini ta’minlagan holda, SHHT a’zosi bo‘lishga qaror qilganini tasdiqladi.

Mirzoyan Xitoyga rasmiy tashrifi doirasida Armaniston va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarni «yangi bosqichga» rasman «ko‘tarish» zarurligini ta’kidladi.

SHHT hozir 10 ta a’zoga ega – Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston, Pokiston, Hindiston, Eron va Belarus.

Kiritildi: 23:25 04.07.2025. O'qildi: 667 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!