Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ukrainaga qurol yetkazib berish Pentagon rahbarining tashabbusiga ko‘ra to‘xtatilgan ?!

Ukrainaga qurol yetkazib berish Pentagon rahbarining tashabbusiga ko‘ra to‘xtatilgan ?!

Bu haqda NBC News telekanali ma’lum qildi.

Telekanal surishtiruviga ko‘ra, Pentagonning Kiyevga ayrim turdagi qurollarni yetkazib berishni to‘xtatish qarori AQSh Davlat departamenti, Kongress a’zolari, Ukraina rasmiylari va Yevropadagi ittifoqchilarni hayratga solgan.

NBC News manbalarining ma’lum qilishicha, yetkazib berishlarni to‘xtatish qarori shaxsan AQSh mudofaa vaziri Pit Hegset tomonidan qabul qilingan.

Manbalarning aniqlik kiritishicha, bu Hegsetning Ukrainaga yordam yetkazib berishni mustaqil ravishda to‘xtatishi bo‘yicha uchinchi holat hisoblanadi. Joriy yilning fevral va may oylarida ham shunday holatlar bo‘lgan, biroq o‘sha paytda uning qarorlari bir necha kundan keyin bekor qilingan edi.

"AQSh mudofaa vazirining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Elbrij Kolbi bu qarorlarni qo‘llab-quvvatlagan. Kolbi uzoq vaqtdan beri Qo‘shma Shtatlarning Ukrainaga yordam ko‘rsatishdagi ishtirokini qisqartirish va resurslarni Xitoyga qarshi kurashish uchun Tinch okeani mintaqasiga yo‘naltirish tarafdori bo‘lib kelmoqda", deya qayd etadi NBC News.

Kiritildi: 21:45 04.07.2025. O'qildi: 661 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!