Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

"AQSh yetakchisi bilan Ukrainaning havo hujumidan mudofaa imkoniyatlarini muhokama qildik"

"AQSh yetakchisi bilan Ukrainaning havo hujumidan mudofaa imkoniyatlarini muhokama qildik"

Vladimir Zelenskiy Donald Tramp bilan bo‘lgan telefon suhbati haqida ma’lum qildi.

Ukraina prezidenti bu suhbatni "juda muhim va foydali" deb atadi.

"Bugun biz Rossiyaning Ukrainaga havo hujumlari va frontdagi holat haqida gaplashdik. Prezident Tramp vaziyatdan juda yaxshi xabardor, unga Ukrainaga bo‘lgan e’tibori uchun minnatdorchilik bildiraman. Shuningdek, AQSh yetakchisi bilan Ukrainaning havo hujumidan mudofaa imkoniyatlarini muhokama qildik va osmonimizni yanada yaxshiroq himoya qilish ustida birga ishlashga kelishib oldik. Shu bilan birga, jamoalarimiz o‘rtasida navbatdagi uchrashuvni o‘tkazish bo‘yicha ham kelishdik", — deb yozdi Ukraina yetakchisi Telegram'da.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, u Tramp bilan AQSh hamda Ukraina o‘rtasida mudofaa sohasida hamkorlik imkoniyatlarini, shuningdek, o‘zaro xaridlar va investisiya masalalarini ham muhokama qilgan.

Kiritildi: 21:35 04.07.2025. O'qildi: 617 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!