Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Evropa kompaniyalari Tramp bojlariga javob choralarini sabotaj qilmoqda

Evropa kompaniyalari Tramp bojlariga javob choralarini sabotaj qilmoqda

Evrokomissiya AQSh tovarlariga javob tarifi joriy etishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda Mercedes, BMW va LVMH kabi yirik kompaniyalar AQSh bilan yopiq muzokaralar olib borib, Yevropa pozisiyasini zaiflashtirmoqda.

Evrokomissiya AQShning import tovarlariga javob tarifi sifatida 112 mlrd dollarlik hajmda boj to‘lovlari joriy etishni rejalashtirayotgani ma’lum qilindi. Biroq bu qaror Yevropa ittifoqi ichida turli noroziliklarga sabab bo‘lmoqda.

Mercedes, BMW, Volkswagen, LVMH va Sanofi kabi Yevropa biznesining yirik vakillari to‘g‘ridan-to‘g‘ri Donald Tramp jamoasi bilan muzokaralar olib bormoqda. Ular o‘z mahsulotlarini javob choralaridan mustasno qilishga urinishmoqda.

Shuningdek, Cognac va Irish Whiskey lobbistlari alkogol mahsulotlarini javob bojlari ro‘yxatidan chiqarish uchun harakat qilmoqda. Ayni paytda Yevrokomissiya 95 mlrd yevro bo‘lishi kerak bo‘lgan boj to‘lovlarini biznes va ayrim hukumatlar bosimi ostida 25 mlrd yevroga qisqartirish xavfiga duch kelmoqda.

Evropa kompaniyalari AQShda ishlab chiqarish yuqori daromad keltirishini ta’kidlamoqda va Amerika bozorini yo‘qotishni istamaydi. Shuningdek, javob choralari AQShning qo‘shimcha sanksiyasiga sabab bo‘lishi, bu esa Yevropa avtomobil va farmasevtika mahsulotlarining tannarxini oshirishi mumkin.

Bir qator kompaniyalar o‘z ishlab chiqarish liniyalarini AQShga ko‘chirib ulgurgan. Masalan, Mercedes GLC modelini Alabamada, BMW va Volvo esa yangi zavodlar ochgan.

Evropa biznesining bunday pozisiyasi kelgusida Xitoy bilan muzokaralarda ham Yevropa ittifoqining kuchli targ‘ibotini zaiflashtirishi mumkin. Kollektiv bosim siyosatining buzilishi Yevropa nufuziga ta’sir qilishi mumkin.

LVMH rahbari Bernar Arno Bryusselni kelishuvga chaqirib, erkin savdo hududi tijorat urushidan yaxshiroq ekanini ta’kidlagan.

Kiritildi: 19:12 04.07.2025. O'qildi: 507 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!