Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ukrainada hech qanday sulh yo‘q, ammo “umidli iqtisodiy loyihalar” bo‘yicha “o‘zaro qiziqish” bor: Tramp va Putin telefon orqali nima haqida gaplashishdi?

Ukrainada hech qanday sulh yo‘q, ammo “umidli iqtisodiy loyihalar” bo‘yicha “o‘zaro qiziqish” bor: Tramp va Putin telefon orqali nima haqida gaplashishdi?

Kecha kunduzi AQSh va Rossiya prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Putin joriy yilda oltinchi marta telefon orqali suhbatlashishdi. Bu suhbat kutilmagan holda bo‘lib o‘tdi, chunki oldindan hech qanday bayonotlar berilmagan edi.

Asosiy mavzu — Ukrainadagi urush bo‘ldi. Rossiya prezidenti maslahatchisi Yuriy Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, Putin o‘z pozisiyasini ochiq bayon etgan:

"Bizning prezidentimiz Rossiya o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishishini ma’lum qildi, ya’ni hozirgi vaziyatga olib kelgan sabablarni bartaraf etish. Rossiya bu maqsadlardan voz kechmaydi"

Bu, aslida, so‘nggi haftalarda yanada kuchaygan Ukrainaga qarshi hujumlar to‘xtamasligini anglatadi. Shu bilan birga, Ushakovga ko‘ra, Putin muzokaralarga ochiq ekanligini ham bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, suhbat “samimiy” bo‘lgan:

"U, shuningdek, Rossiya tomoni muzokara jarayonini davom ettirishga tayyor ekanligini aytdi."

Avvalroq Istanbulda Rossiya va Ukraina o‘rtasida ikki marta to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar bo‘lib o‘tgan, lekin ular to‘xtash yoki sulh borasida aniq natija bermagan.

Rossiya tomonining talablari o‘sha-o‘sha: Ukraina NATOga kirishdan voz kechishi, Qrim va yana to‘rtta okkupasiya qilingan hududni Rossiyaga berishi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uchun bu shartlar mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi.

Moskva versiyasiga ko‘ra, suhbatda Yaqin Sharqdagi vaziyat, jumladan, iyun oyidagi Isroil va Eron o‘rtasidagi urush ham muhokama qilingan. Ushakovning ta’kidlashicha, Putin bu mojaroni siyosiy va diplomatik yo‘l bilan hal etish tarafdori ekanligini bildirgan.

Bundan tashqari, Tramp va Putin bir qator “yumidli iqtisodiy loyihalarni”, ayniqsa energetika va kosmik tadqiqotlar sohasida, amalga oshirish bo‘yicha “o‘zaro qiziqish”ni tasdiqlashgan.

Donald Tramp esa telefon suhbatidan so‘ng shunday degan:

“Men Ukrainada davom etayotgan urushdan xursand emasman va Putin bilan bu borada hech qanday yutuqqa erishmadim.”
“Yo‘q, men u bilan hech qanday yutuqqa erishmadim”, — deb javob bergan Tramp jurnalistning savoliga.

Kiritildi: 14:31 04.07.2025. O'qildi: 726 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!