Kongressining Vakillar palatasi tashabbusni yakuniy ravishda qabul qildi. Qonun loyihasi minimal ko‘pchilik – 435 kongressmendan 217 nafari tomonidan ma’qullandi, 214 nafar kongressmen unga qarshi ovoz berdi.
Endi qonunni AQSh prezidenti imzolashi kerak, biroq uni muhokamaga shaxsan Tramp taqdim etganligi sababli, bu jarayon faqat rasmiyatchilik sifatida qabul qilinmoqda. Oq uy Tramp ushbu qonunni AQSh mustaqillik kuni – 4 iyul kuni kechqurun imzolashini ma’lum qilgan.
Ushbu qonun chegaralarni qo‘riqlash va mudofaa xarajatlarini oshirish, soliq imtiyozlarini uzaytirish, shuningdek, davlat qarzi chegarasini 4 trillion dollargacha oshirishni nazarda tutadi.
Demokratlar va respublikachilar orasida Trampning mazkur tashabbusiga qarshi chiqayotganlar mavjud. Tashabbusning eng faol tanqidchilaridan biri – milliarder Ilon Mask bo‘lib, bu qonun mamlakat aholisini qarz girdobiga tushirib qo‘yishini da’vo qilmoqda. Mask tomonidan qonunning tanqid qilinishi u va Tramp o‘rtasida ziddiyatga sabab bo‘ldi.