Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tramp: "UFCjangi Oq uy hududida o‘tkaziladi"

Tramp: "UFCjangi Oq uy hududida o‘tkaziladi"

Ultimate Fighting Championship (UFC) jangi Oq uy hududida bo‘lib o‘tadi.

Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Ayova shtatida 2026 yilda AQSh Mustaqillik deklarasiyasi qabul qilinganining yaqinlashib kelayotgan 250 yilligiga bag‘ishlangan nutqida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, ushbu sanaga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar butun mamlakat bo‘ylab o‘tkaziladi: "Hattoki, biz UFC jangini o‘tkazamiz deb o‘ylayman. Bu yerda UFCni tomosha qiladiganlar bormi?" Amerika yetakchisi jamoatchilikka murojaat qilib, o‘z nutqida UFC prezidenti Dana Uaytni tilga oldi.

"Biz UFC jangini Oq uy hududida o‘tkazamiz, tasavvur qiling. U yerda bizda juda ko‘p joy bor", - dedi Tramp. Unga ko‘ra, gap chempionlik unvoni uchun "to‘liq kurash" haqida ketmoqda, unda 20-25 ming tomoshabin kelishi kutilmoqda.

Tramp jang aynan qachon bo‘lib o‘tishi va unda kim ishtirok etishini tushuntirmagan.

Kiritildi: 10:30 04.07.2025. O'qildi: 648 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!