Bugun 2 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Isroil Eronning 1000 dan ortiq dronlarini urib tushirdi

Isroil Eronning 1000 dan ortiq dronlarini urib tushirdi

Eron bilan mojaroning faol bosqichida Isroil harbiylari 1000 dan ortiq dronlarni urib tushirdi va raketalarning qariyb 90 foizini tutib oldi.

Bu haqda Isroilning BMTdagi doimiy vakili Denni Danon BMT Xavfsizlik kengashining Yaqin Sharq bo‘yicha yig‘ilishidagi chiqishi chog‘ida aytib o‘tdi.

"Biz mingdan ortiq dronlarni zararsizlantirdik va shaharlarimizga otilgan raketalarning qariyb 90 foizini tutib oldik", — dedi u.

Danonning so‘zlariga ko‘ra, janglar davomida Isroil "birorta ham samolyotni yo‘qotmagan".

Eslatib o‘tamiz, Isroil 13 iyunga o‘tar kechasi Eronga qarshi harbiy operasiya boshlagan edi. Bir kun o‘tar-o‘tmas Islom Respublikasi javob hujumini amalga oshirdi. Qo‘shma Shtatlar mojaro avj olganidan to‘qqiz kun o‘tib kirdi: 22 iyunga o‘tar kechasi Amerika qurolli kuchlari Eronning uchta yadroviy ob’ektiga hujum qildi. 23 iyun kuni kechqurun Tehron Amerikaning Yaqin Sharqdagi eng yirik aviabazasi – Qatardagi Al-Udeyd aviabazasiga raketa zarbasi berdi. AQSh rasmiylariga ko‘ra, qurbonlar yo‘q va jiddiy zarar ko‘rmagan. Keyinroq AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil va Eron o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishga kelishib olganini aytdi. O‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi 24 iyundan kuchga kirdi.

Kiritildi: 10:00 01.07.2025. O'qildi: 796 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!