Bugun 2 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

FVV Shahrisabz shahrida ro‘y bergan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi

FVV Shahrisabz shahrida ro‘y bergan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi

Bugun, 30 iyun soat 20:50da Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz shahar, “Kesh” MFY, Ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan 2 ta do‘konda (qandolat va quruq mevalar) yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 20:53 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 21:03 da o‘rab olingan va soat 21:10 da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida do‘konlarning taxminan 30 kv.m maydonda tom va ichki qismi yongan. Do‘konlar bozor hududida emas.

Yong‘in oqibatida tan jaroxati olgan fuqarolar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.

Voqea joyiga shahar FVB rahbar xodimlari chiqqan.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda.

Kiritildi: 09:10 01.07.2025. O'qildi: 576 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!