Bugun 2 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ota farzandi uchun 152 million so‘m miqdoridagi aliment mablag‘ini oldindan to‘lab berdi

Ota farzandi uchun 152 million so‘m miqdoridagi aliment mablag‘ini oldindan to‘lab berdi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘z tumanlararo sudining 10.01.2020 yildagi qarzdor U.S.dan undiruvchi. G.S. foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minotini ta’minlash maqsadida har oyda oladigan daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati ijroga qaratilgan holda Byuroning Bo‘ston tuman bo‘limi ish yurituviga qabul qilingan.

Ijro harakatlari jarayonida davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga belgilangan aliment majburiyati bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilgan. Natijada, qarzdor U.S. alimentni ixtiyoriy ravishda oyma-oy va o‘z vaqtida to‘lab borgan.

Shu bilan birga, ijro harakatlari davomida qarzdor farzandi oldidagi burchini yanada mas’uliyat bilan anglagan holda, aliment mablag‘larini kelgusi oylar uchun oldindan to‘lash niyati borligini ma’lum qilgan. Ushbu tashabbusni amalga oshirish maqsadida qarzdor U.S. davlat ijrochisiga 152,8 million so‘m pul mablag‘ini taqdim etgan.
Davlat ijrochisi tomonidan mazkur summa belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, undiruvchi G.S.ga tilxat asosida topshirildi.

Mazkur holat farzand tarbiyasi va ta’minotiga befarq bo‘lmagan, o‘z burchini vijdonan ado etayotgan shaxslarning ijobiy namunasidir.

Kiritildi: 18:11 30.06.2025. O'qildi: 508 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!