Bir guruh shaxslar 25 ta firma (MCHJ) tashkil etib, avtomashina yetkazib berish va’dasi bilan fuqarolar bilan shartnoma tuzishgan. Ulardan 50,1 mlrd so‘m yig‘ilgan bo‘lib, shartlar bajarilmagan.
Jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a,v” bandlari bilan qo‘zg‘atilgan.
843 nafar fuqaro jabrlanuvchi deb topildi, 339 ta transport vositasi xatlangan, 9 nafar shaxsga ayblov e’lon qilinib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.