Bugun 2 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Izroil Eron hujumlari miqyosi haqida ma’lumotni yashiryaptimi?

Izroil Eron hujumlari miqyosi haqida ma’lumotni yashiryaptimi?

Eronning Defa News portali xabariga ko‘ra, Eronning Izroilga qarshi amalga oshirgan 12 kunlik urush natijasida 31 mingdan ortiq bino va taxminan 4 ming transport vositasi vayron qilingan. Urush 13 iyun kuni Izroil tomonidan Eronning yadroviy infratuzilmasiga qarshi amalga oshirilgan kutilmagan zarba bilan boshlangan. Ammo bu vayronaliklar haqida rasmiy ma’lumot na Tel-Aviv, na uning ittifoqchilari tomonidan e’lon qilinmagan.

Izroil harbiylarining ma’lumotlariga ko‘ra, Eron 12 kun ichida taxminan 550 ta ballistik raketa va 1000 dan ortiq dron uchirgan. Tel-Avivda ta’kidlanishicha, ularning 90 foizi Izroil va AQShning qo‘shma havo mudofaa tizimi tomonidan yo‘q qilingan.

Shu bilan birga, kamida 31 ta raketa muhim ob’ektlarga teggan — Hayfadagi neftni qayta ishlash zavodi, janubdagi elektr stansiyasi va mamlakat markazidagi Vaysman universiteti. Beer-Shevada bir dron turar joy binosiga urilgan, jabrlanganlar yo‘q. «Soroka» shifoxonasi ham raketa zarbasiga uchragan.

Izroil tomoni raketalar urilib tushgan joylarning aniq manzillarini maxfiy saqladi. Bu orqali Eronga havo mudofaa tizimlari joylashuvini fosh qilmaslik maqsad qilingan. Mahalliy aholiga hujum oqibatlarini ijtimoiy tarmoqlarda joylash taqiqlangan.

Tinch aholi orasida ham yo‘qotishlar mavjud: Eron hujumlari natijasida Izroilda 28 kishi halok bo‘lgan, 3000 dan ortiq kishi yaralangan va 9000 kishi o‘z uylarini tark etgan. Eronning rasmiy manbalariga ko‘ra, Izroil zarbalari oqibatida Eronda 610 dan ortiq fuqaro halok bo‘lgan.

Izroil rasmiylari ma’lum qilishicha, ular Eronning raketa uchirish qurilmalariing 2/3 qismini yo‘q qilgan, Eronning yadroviy dasturi esa bir necha yilga ortga surilgan. Shuningdek, Eronning 15 nafar yetakchi yadroviy olimlari ham yo‘q qilingan.

Mojaro tarixi shunday bo‘lgan:

  • 13 iyun — Izroil Eron yadroviy infratuzilmasiga zarba berdi;

  • 14 iyun — Eron yuzlab raketa va dronlar bilan javob qaytardi;

  • 22 iyun — AQSh urushga aralashib, Eron yadroviy ob’ektlariga zarba berdi;

  • Eron Qatardagi AQSh aviabazasiga zarba berdi, AQSh talafot yo‘qligini bildirdi.

24 iyun kuni AQSh prezidenti Donald Tramp taklif qilgan otishmalarni to‘xtatish rejimi kuchga kirdi. Biroq bir necha soat o‘tib, Eron Izroilga yana ikki ballistik raketa uchirdi. Izroil ularni yo‘q qilib, javob tariqasida Tehron shimolidagi radar tizimini yo‘q qildi. Shundan so‘ng janglar to‘xtadi.

Kiritildi: 17:21 30.06.2025. O'qildi: 908 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!