Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Qidiruvdagi yana bir avtomashina jarima maydonchasiga qo‘yildi

Qidiruvdagi yana bir avtomashina jarima maydonchasiga qo‘yildi

Yurtimizda tadbirkorlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Biroq, ayrim tadbirkorlar o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri baholamasliklari oqibatida bo‘lsa kerak, biznes rejalar samara bermay, kredit qarzdorliklari sud tartibida undirilmoqda.

Karmana tuman iqtisodiy sudining 25.03.2024 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor “MHMS OMADI LOGISTIK” MCHJdan undiruvchi CHEKIB “Hamkorbank” foydasiga 285,9 mln. so‘m kredit qarzdorligi undirish, undiruvni qarzdor MCHJga tegishli, 2017 yilda ishlab chiqarilgan “MAN XF 518 FT EURO 6” rusumli avtotransport vositasiga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning G‘ijduvon tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.

Qonunchilikka muvofiq qarzdorlikni bartaraf etish uchun qarzdorga ixtiyoriy muddat berilgan bo‘lsada, ijro hujjati talablari bajarilmagan.

Majburiy ijro harakatlariga kirishilib, qarzdorga tegishli bo‘lgan avtotransport vositasiga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Byuroning viloyat boshqarmasi qidiruv sho‘’basi xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv tadbirlari davomida qidiruvdagi avtotransport vositasi Buxoro shahrida harakatlanib yurganligi aniqlangan va tegishli tartibda vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Qarzdorlikni bartaraf etish uchun qarzdorga muddat berilib, bartaraf qilinmagan taqdirda, avtomashina sotish uchun onlayn-auksion savdolariga chiqarilishi haqida rasman ogohlantirilgan.

Hozirda, ijro harakatlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 21:35 29.06.2025. O'qildi: 688 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!