Bugun 27 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Andijon va Toshkent viloyatlarida imtiyozli kredit olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Andijon va Toshkent viloyatlarida imtiyozli kredit olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahri bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar M.T. va X.A. (muqaddam sudlangan) fuqaro D.M.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki hududiy tijorat banki Andijon filialida yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 300 mln so‘m imtiyozli kredit rasmiylashtirib berishi evaziga 1 000 AQSh dollarini olishgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Ohangaron tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro T.E. fuqaro N.A.ning ishonchiga kirib, unga Olmaliq shahridagi tijorat banklarining biridan 150 mln so‘m imtiyozli kredit olib berishi evaziga 1 100 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 15:36 25.06.2025. O'qildi: 419 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!