Bugun 25 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Isroil armiyasi Erondan boshlangan raketa hujumining ikkinchi to‘lqini haqida xabar berdi

Isroil armiyasi Erondan boshlangan raketa hujumining ikkinchi to‘lqini haqida xabar berdi

Isroil armiyasining rasmiy bayonotiga ko‘ra, Eron Isroilga qarshi raketa hujumining ikkinchi bosqichini boshlagan. Hujumlar oqibatida mamlakatning ko‘plab hududlarida havo hujumiga ogohlantiruvchi sirenalar yangradi.

Harbiylar fuqarolarga boshpana joylarini tark etmaslik va yangi ko‘rsatmalar berilguniga qadar xavfsiz joyda qolishni qat’iy tavsiya qilishdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, havo mudofaasi tizimlari ishga tushirilib, raketalarni urib tushirishga harakat qilmoqda.

Ikkinchi to‘lqin boshlanganidan so‘ng, sirenalar markaziy Isroilda, jumladan Tel-Avivda ham chalindi. Bunga qadar raketalarning ilk to‘lqini shimoliy Isroilga yo‘naltirilgani haqida xabar qilingan edi.

40 daqiqa davom etgan xavf

Mahalliy OAVlarning yozishicha, Eron qisqa vaqt ichida ketma-ket uch marta raketa otgan — jami 15 ta raketa uchirilgan. Havo hujumi ogohlantiruvchilari 40 daqiqa davomida ayniqsa markaziy va shimoliy hududlarda jaranglagan.

Oradan bioz o‘tib, orqa shtab qo‘mondonligi hujum tugaganini va fuqarolar boshpanalarni tark etishlari mumkinligini e’lon qildi.

Shuningdek, ayrim hududlarda, jumladan janubdagi Ashdod (Uzdud) shahrida raketalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri urilishi haqida ham xabarlar tushdi. Biroq, Isroilning “Magen David Adom” tez yordam xizmati halok bo‘lganlar yoki jarohatlanganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘qligini bildirdi.

Nizo qanday boshlangan edi?

Hozirgi keskinlik 13 iyun kuni Isroil tomonidan Eron hududidagi yadro ob’ektlari va harbiy rahbariyatga qarshi amalga oshirilgan keng ko‘lamli hujumdan so‘ng boshlandi. Hujum natijasida Eron Qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i, KXSHR (Korpus inqilobiy soqchilar) bosh qo‘mondoni va boshqa yuqori lavozimli harbiylar, shuningdek, to‘qqiz nafar yadro olimi halok bo‘lgan.

Eron Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, hujumda halok bo‘lgan tinch aholining soni 430 kishiga yetgan, 3500 dan ortiq odam jarohat olgan. Eronga javoban Isroil hukumati 24 nafar fuqarosi halok bo‘lganini, 1272 kishi jarohatlanganini e’lon qildi.

Turkiya kabi ayrim davlatlar Isroilning harakatlarini qoraladi.

Kiritildi: 15:39 23.06.2025. O'qildi: 1189 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!