Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ulug‘nor tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “B.O.” MCHJ savdo do‘koni sotuvchisi K.M. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, savdo do‘konida xorijda ishlab chiqarilgan 2 596 quti aksiz markasiz tamaki hamda 141 dona elektron tamaki mahsulotini sotuvga qo‘yganliklari aniqlanib, ushbu tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.