86 yoshli Vladimir Gorbulin mustaqil Ukrainaning raketa-kosmik sohasiga asos solgan shaxs sifatida tanilgan hamda Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin Kiyev yuritgan tashqi siyosat tamoyillarining mualliflaridan biri hisoblanadi.
Hozirda u Ukraina Milliy fanlar akademiyasida faoliyat yuritmoqda va u yerda birinchi vise-prezident lavozimini egallagan. Bundan tashqari, u o‘zining doimiy hammuallifi Valentin Badrak bilan birga kitoblar yozadi. Badrak — Ukraina qurol-yarog‘ sohasi bo‘yicha eng nufuzli ekspertlardan biri bo‘lib, Armiya, konversiya va qurolsizlanish tadqiqot markazi direktori hisoblanadi.
Ularning asarlarida Rossiya-Ukraina urushi jarayoni tahlil qilinadi, qonuniyatlar aniqlanadi va vaziyat qanday rivojlanishi haqida prognuzlar beriladi.