Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Evropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari Yaqin Sharqdagi mojaro va Rossiyaga qarshi sanksiyalarni muhokama qiladi

Evropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari Yaqin Sharqdagi mojaro va Rossiyaga qarshi sanksiyalarni muhokama qiladi

Evropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari Lyuksemburgda bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda Isroil va Eron o‘rtasidagi ziddiyatni muhokama qiladi va Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 18-bosqchini ma’qullaydi.

Tashqi ishlar vazirlari G‘azodagi gumanitar falokat tufayli bir necha isroillik vazirlarga nisbatan sanksiyalar qo‘llashga yana bir urinib ko‘radi, biroq konsensusning yo‘qligi bunday qarorning qabul qilish ehtimolini nihoyatda past qiladi.

Evropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining joriy uchrashuvi 24-25 iyun kunlari Gaagada bo‘lib o‘tadigan NATO sammiti va 26-27 iyun kunlari Bryusselda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Yevropa Ittifoqi davlat rahbarlarining uchrashuvi oldidan oxirgisi bo‘ladi. Shu bois vazirlar bo‘lajak sammitlarga tayyorgarlikni ham muhokama qiladilar.

Kiritildi: 11:00 23.06.2025. O'qildi: 478 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!