Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Eron bosh vaziri Putin bilan uchrashish uchun Moskvaga yetib keldi

Eron bosh vaziri Putin bilan uchrashish uchun Moskvaga yetib keldi

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi Moskvaga yetib keldi va u yerda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishni kutmoqda.

Bu haqda IRNA agentligi xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Eron tashqi ishlar vaziri Rossiya rahbari va yuqori martabali rasmiylari bilan AQSh va Isroilning Islom Respublikasi hududiga zarbalari bilan bog‘liq mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi masalalar bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazish niyatida.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova Eron tashqi ishlar vazirining Moskvaga kelganini tasdiqladi, biroq aynan kimlar bilan uchrashuvlar rejalashtirilganini aytmadi.

“Biz Eron tashqi ishlar vazirining muzokaralar uchun Moskvaga kelganini tasdiqlaymiz”, dedi u.

Kiritildi: 08:45 23.06.2025. O'qildi: 975 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!