AQSh prezidenti Donald Tramp shanba kuni Erondagi yadroviy ob’ektlarga zarba berish haqida oxirgi qarorni shaxsan qabul qilgan, deb xabar berdi CNN'ga ismi oshkor etilmagan Oq uy rasmiysi.
Xabarga ko‘ra, Tramp bir necha kundan beri AQShning mojaroga qanday tarzda aralashishi borasida o‘ylab yurgan va yaqin kunlarda matbuot kotibiga ikki haftaning harakat rejasi haqida ma’lumot berishni topshirgan. Ammo ichki muhokamalarda u Isroilning harbiy kampaniyasiga qo‘shilishga moyillik bildirgan.
Shanba kuni Tramp oxirgi qarorni qabul qilib, mudofaa vaziri Pit Xegsetga zarbani amalga oshirishni buyurgan.
AQSh Birlashgan shtablarining xronologiyasiga ko‘ra, shanba kuni AQSh vaqti bilan soat 18:40 atrofida (Eron vaqti bilan yakshanba kuni soat 2:10 da) katta qulaylikka ega "bunker buster" bombalar Erondagi ikki yadroviy ob’ektga tashlangan.
AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens bugun NBC telekanalidagi "Meet the Press" dasturida jurnalist Kristen Uelkerga shunday dedi:
“Prezident zarbalar amalga oshirilishiga bir necha daqiqa qolganida qarorni qabul qildi. U bu amaliyotni oxirgi daqiqada ham to‘xtatish imkoniyatiga ega edi, lekin davom ettirishni ma’qul deb topdi.”