SAXAL matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 22 iyun soat 03:45 dan 23 iyun 08:00 gacha mamlakatda xavfsizlik bo‘yicha yangi cheklovlar joriy etildi.
Bu qaror mamlakatdagi vaziyatning keskinlashuvi munosabati bilan qabul qilindi.
Shunga muvofiq:
▪️Ilgari “cheklangan faoliyat” deb belgilangan hududlarda endi “zarur hollarda faoliyat” tartibi joriy qilindi.
▪️Barcha ta’lim muassasalari o‘z faoliyatini to‘xtatadi.
▪️Barcha ishlab chiqarish korxonalari yopiladi, faqat harbiy va tinch aholi ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan tarmoqlar bundan mustasno.
▪️Ish joyiga borish taqiqlanadi.