Bugun 20 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Tramp: Isroil–Eron mojarosida hozircha Putinning vositachiligiga ehtiyoj yo‘q

Tramp: Isroil–Eron mojarosida hozircha Putinning vositachiligiga ehtiyoj yo‘q

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya rahbari Vladimir Putinning Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaroni hal etishda vositachilik qilish taklifiga hozircha qiziqish bildirmayapti.

Bu haqda Tramp jurnalistlarga ma’lum qildi, deb xabar bermoqda "Report" nashri.

“U kechagi suhbatimiz chog‘ida vositachi sifatida yordam berishni taklif qildi. Men esa unga: «Iltimos, avval o‘zingizdagi muammoni hal qiling. Vladimir, keling, avval Rossiya bilan bog‘liq vaziyatni hal qilaylik. Keyin siz Eron bilan kelisha olasiz», — dedim,” — dedi AQSh prezidenti.

Kiritildi: 19:58 18.06.2025. O'qildi: 709 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!