Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Isroilni tark etish istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!

A A A
Isroilni tark etish istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!

Hozirgi xavfsizlik vaziyati munosabati bilan Isroilni mustaqil ravishda tark etish istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari quyidagi nazorat-o‘tkazish punktlari orqali mamlakatni tark etishlari mumkin:

• “Menaxem Begin” / “Taba” — Isroil-Misr chegarasida joylashgan (Isroilning Eylat va Misrning Taba shaharlari o‘rtasida);

• “Shayx Xusayn” — Isroil-Iordaniya shimoliy chegarasida joylashgan (Isroilning Bayt-Shean va Iordaniyaning Irbit shaharlari o‘rtasida);

• “Isxak Rabin” / “Vadi Arava” — Isroil-Iordaniya janubiy chegarasida joylashgan (Isroilning Eylat va Iordaniyaning Akaba shaharlari o‘rtasida).

Barcha ko‘rsatilgan chegara punktlari hozirda odatiy tartibda (24 soat) faoliyat ko‘rsatmoqda.

1️⃣ Misr orqali:

📍 "Menaxem Begin"/“Taba” nazorat-o‘tkazish punkti (Eylat sh.)

- O‘zbekiston fuqarolari ushbu punktni kesib o‘tib, Misrga vizasiz («Sinay kirish muhri» orqali) kira oladilar. «Sinay kirish muhri» - 14 kungacha faqat Sinay yarim oroli hududida bo‘lish huquqini beradi (Qohira va boshqa shaharlarga safar qilish mumkin emas).

- 21 yoshga to‘lmagan fuqarolarga ota yoki onalaridan biri hamrohlik qilishi shart.

- "Taba"dan Sharm ash-Shayxgacha (270 km) avtobus yoki avtomobillarda harakatlanish imkoniyati mavjud.

✈️ Aviaqatnovlar (Sharm ash-Shayx aeroportidan):

- «UzAirways»: Haftasiga 3 marta (seshanba, chorshanba, shanba, soat 12:35) Toshkentga.

- «Turkish Airlines»: Har kuni 1 yoki 2 marta Istanbulga (Istanbul xalqaro aeroportiga) (Toshkentga tranzit).

- «Pegasus Airlines»: Har kuni 1 yoki 2 marta Istanbulga («Sabixa Gyokchen» aeroportiga) (Toshkentga tranzit).

2️⃣ Iordaniya orqali:

📍 “Shayx Xusayn” (Bayt-Shean sh.) yoki "Isxak Rabin"/“Vadi Arava” (Eylat sh.) nazorat-o‘tkazish punktlari:

Ushbu punkt orqali Iordaniya poytahtigacha borib, keyin quyidagi aviayo‘nalishlardan foydalanish mumkin:

• «Ummon – Istanbul – Toshkent»

• «Ummon – Dubay – Toshkent»

Eslatma: Iordaniyaga kirish uchun mamlakat IIV sayti orqali viza olish zarur:

https://www.moi.gov.jo

https://moi.gov.jo/EN/Pages/Visa_E_Applications

https://www.eservices.moi.gov.jo.

☎️ Zarur hollarda O‘zbekiston Elchixonalarining favqulodda telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin:

- Misrda (+202 333-617-23; +20 128 666-1441, eg.uzembassy@mfa.uz);

- Saudiya Arabistonida, o‘rindoshlik asosida Iordaniyada (+966 11 263-5223, +966 56 721-7731, uzbembriyadh@gmail.com);

- Isroilda (+972 (3) 672-2466, 672-2371, 758-5075, 758-5076, (54) 485-1397, il.uzembassy@mfa.uz).

*Isroil hududini tark etayotganda shaxsiy xavfsizlik ehtiyot choralarini ko‘rishni va Front orti buyrug‘i tomonidan berilgan ko‘rsatmalarga qat’iy amal qilishni so‘raymiz.

Kiritildi: 06:36 18.06.2025. O'qildi: 804 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!