Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Baxtiyor Saidov Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri bilan Isroil—Eron mojarosi yuzasidan suhbatlashdi

Baxtiyor Saidov Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri bilan Isroil—Eron mojarosi yuzasidan suhbatlashdi

Shu yilning 16 iyun kuni Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor saidov Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Muloqotda O‘zbekiston – Ozarbayjon o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilikka asoslangan ikki tomonlama munosabatlarimizning barcha jabhalarda izchil rivojlanayotganiga e’tibor qaratildi.

Kun tartibi oliy va yuqori darajadagi almashinuvlar, ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar, jumladan, IHT vazirlar yig‘ilishi kabi tadbirlar bilan boy. Shuningdek, Isroil-Eron mojarosining keskinlashuvi oqibatida yuzaga kelgan mintaqaviy vaziyat haqida fikr almashib, tinchlik va barqarorlikni saqlash muhimligini ta’kidladik, — deb yozadi Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram kanalida.

Kiritildi: 19:11 16.06.2025. O'qildi: 466 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!