Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Prezident kameralar faqat jarima yozish uchun ishlayotganini tanqid qildi

Prezident kameralar faqat jarima yozish uchun ishlayotganini tanqid qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yo‘llarda o‘rnatilgan kuzatuv kameralari faqat jarima yozish uchun ishlayotganini keskin tanqid qildi. «Aslida bu uskunalar transport oqimini boshqarish va halokatlarni kamaytirish maqsadida foydalanilishi kerak edi».

Bugun o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari so‘nggi yetti yilda yo‘l qurilishi va ta’miriga 61 trln so‘m yo‘naltirilganini, lekin o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarining 75–80 foizi ayni shu xalqaro va respublika ahamiyatidagi yo‘llarda ro‘y berayotganini ma’lum qildi.

Yig‘ilishda aholining jamoat transporti sifati va yo‘llardagi tirbandliklardan jiddiy norozi ekani qayd etildi. Kameralar faqat qoidabuzarlikni aniqlash va jarima tayinlash uchun emas, balki umuman transport harakatini nazorat qilish, oqimni boshqarish va avariyalar oldini olish vositasi sifatida ishlatilishi lozimligi ta’kidlandi.

Yo‘llardagi chorrahalar, belgilar va chiziqlarni to‘g‘rilash, svetoforlarni aqlli boshqaruvga o‘tkazish ishlarida ham kechikishlar kuzatilayotgani tanqid qilindi. Hatto poytaxtda sun’iy intellekt asosida harakatni boshqarish bo‘yicha taqdimot bo‘lib o‘tganiga ancha vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, real natija yo‘qligi alohida ko‘rsatib o‘tildi.

Prezident tomonidan jamoat transportidagi mavjud muammolarga, aholi murojaatlariga va hududlardagi infratuzilma holatiga jiddiy e’tibor qaratilishi shartligi ta’kidlandi. Qabul qilinayotgan islohotlar amalda samara berishi kerakligi yana bir bor uqtirildi.

Kiritildi: 16:23 16.06.2025. O'qildi: 768 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!