Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Prezident: "Tuman bo‘g‘ini samarali ishlamasa, yuqoridan qanday topshiriq tushirilmasin, ko‘zlangan maqsadlarga erishib bo‘lmaydi"

Prezident: "Tuman bo‘g‘ini samarali ishlamasa, yuqoridan qanday topshiriq tushirilmasin, ko‘zlangan maqsadlarga erishib bo‘lmaydi"

“Bir narsani to‘g‘ri tushunib olish zarur. Tuman bo‘g‘ini samarali ishlamasa, yuqoridan qanday topshiriq tushirilmasin, ko‘zlangan maqsadlarga erishib bo‘lmaydi”, - dedi Prezident.

Masalan, tumandagi xodimning oyligi vazirlikka qaraganda 3-4 karra kam bo‘lgani uchun kadrlar qo‘nimsizligi yuqori ekani qayd etildi.

Tuman hokimiga yuzdan ortiq qonun va qarorlar bilan 500 ga yaqin funksiya yuklatilgani bilan, ularning yarmidan ko‘pini bilmaydi. Chunki o‘zi ham, o‘rinbosarlari ham 40 foiz vaqtini yig‘ilish o‘tkazishga sarflayapti.

Tuman tashkilotlari shtatini taqsimlash, yaxshi rahbarni rag‘batlantirish, yomonini almashtirish bo‘yicha hokimda vakolat yo‘q. Quyi bo‘g‘indagi shtatlar hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadiga mos emas.

Tumandagi kompleks rivojlanishga mas’ul birorta idora 3-5 yillik maqsad va rejalar dasturini qilib, hokim oldiga masala qo‘ya olmayapti, kunlik topshiriqlar bilan ovora.

Shu bois, ayrim tumanlarda tayyor berilgan resursga ham loyiha topilmayapti.

Kiritildi: 12:32 16.06.2025. O'qildi: 573 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!