Kaliforniya gubernatori Ron Desantis norozilik namoyishlari fonida haydovchilarga shunday maslahat berdi.
"Bizda shunday siyosat ham borki, unga ko‘ra, agar mashinangiz atrofini tahdid solayotgan to‘da o‘rab olsa, o‘z xavfsizligingiz uchun o‘sha joyni tark etishga haqlisiz. Agar bu vaqtda kimnidir urib yuborsangiz — ayb ularda bo‘ladi, chunki ular yo‘lni to‘sgan", — dedi u.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Desantis Rubin Report shousida shunday bayonot bergan.
Gubernator devoni matbuot kotibi o‘rinbosari Molli Best jurnalga bergan izohida ma’lum qilishicha, rasmiylar zo‘ravonlikni oqlamaydi, biroq aholi o‘zini va oilasini himoya qilish huquqiga ega deb hisoblaydi.