Xitoy savdo kelishuvi doirasida AQShga nodir metallar yetkazib berishni faqat yarim yilga tiklashga rozi bo‘ldi.
The Wall Street Journal nashrning yozishicha, Pekin bu orqali Vashington bilan yangi savdo ziddiyatlari yuzaga kelgan taqdirda ta’sir o‘tkazish vositasini o‘zida saqlab qolishni ko‘zlagan.
AQSh esa Xitoyga reaktiv dvigatellar va plastmassa ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan etan kabi mahsulotlarni sotishga qo‘yilgan cheklovlarni yumshatishga rozi bo‘lgan.
Xitoyliklar, shuningdek, Qo‘shma Shtatlarning tanqis va muhim texnologiyalari, jumladan, yuqori texnologiyali chiplar va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish imkonini qo‘lga kiritishni xohlamoqda.
"Bu hozircha muhokama qilinmayapti, ammo xitoyliklar bu borada bosimni davom ettiradi", — dedi nashr manbasi.
"Bitim faqat Donald Tramp va Si Jinpin tomonidan imzolangandan keyingina kuchga kiradi. Tomonlarda avgustgacha kengroq savdo kelishuvini muhokama qilish uchun vaqt bor, shu bilan birga, bu muddat uzaytirilishi ham mumkin", deya xabar bermoqda WSJ.