Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

AQSh Suriyaning yangi prezidentiga suiqasd qilinishi xavfi borligini bildirdi

AQSh Suriyaning yangi prezidentiga suiqasd qilinishi xavfi borligini bildirdi

"Biz Suriya prezidenti Ahmad ash-Sharaa atrofida himoyani muvofiqlashtirishimiz zarur. Vashington ash-Sharaaning xavfsizligidan xavotirda, chunki uning inklyuziv boshqaruvni targ‘ib qilish va G‘arb bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish harakatlari uni ekstremistlar tomonidan suiqasd nishoniga aylantirishi mumkin", — dedi Qo‘shma Shtatlar prezidentining Suriya bo‘yicha maxsus vakili Tomas Berk.

U, shuningdek, Isroil va Suriyaning yangi hukumati o‘rtasidagi ziddiyatga alohida to‘xtalib o‘tdi.

"Umid qilamizki, Ahmad ash-Sharaa hukumati va Isroil ikki o‘rtada harbiy to‘qnashuv yuz berishi tomonlar uchun dahshatli oqibatlarga olib kelishini yaxshi tushunadi. Ishonchim komilki, bizning manfaatlarimiz va ash-Sharaa manfaatlari o‘xshash. U aqlli va nima qilayotganini aniq biladi", — deya fikr bildirdi Berk.

Eslatib o‘tamiz, may oyining o‘rtalarida AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qilganini e’lon qilgan va Ar-Riyodda Ahmad ash-Sharaa bilan uchrashgan edi. Shundan so‘ng Yevropa Ittifoqi ham Damashqqa qarshi sanksiyalarni bekor qilgandi.

Kiritildi: 20:25 12.06.2025. O'qildi: 757 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!