Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Gaiti polisiyasi jinoiy guruhning 100 dan ortiq a’zolarini yo‘q qildi

Gaiti polisiyasi jinoiy guruhning 100 dan ortiq a’zolarini yo‘q qildi

Gaiti poytaxti Port-o-Prensda so‘nggi ikki kun ichida polisiya amaliyoti natijasida jinoiy guruhning 100 dan ortiq a’zosi yo‘q qilindi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, to‘dalar nazorati ostidagi hududlarda o‘tkazilgan reydlarda hujumchi dronlardan foydalanilgan.

Inson huquqlarini himoya qilish milliy tarmog‘i (RNDDH) operasiya haqidagi ma’lumotni tasdiqladi.

Rasmiy idoralardan hozircha hech qanday izoh berilmagan.

2025 yilning dastlabki uch oyida Gaitida sodir bo‘lgan qurolli zo‘ravonliklar natijasida 1600 dan ortiq odam halok bo‘ldi, yana 580 kishi jarohatlandi. Bunday ma’lumotlar BMTning Gaitidagi integrasiyalashgan idorasi (BINUH) hisobotida keltirilgan.

Kiritildi: 14:26 12.06.2025. O'qildi: 481 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!