Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron shahri bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda inson ruhiyatiga ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar B.SH. va A.SH. fuqaro J.N.ga 500 dona “Zardeks” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 1 700 AQSh dollari va 650 ming so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.