Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Jizzax viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Jizzax viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

"O‘zenergoinspeksiya" Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida "G. S" MCHJga qarashli binoning gaz uskunalari hisoblagichdan tashqari gaz quvuriga yashirincha montaj qilish orqali ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 1 milliard 245 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 13:20 12.06.2025. O'qildi: 387 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!