"O‘zenergoinspeksiya" Andijon viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan energetika ob’ektlarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarida inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar o‘rganilmoqda.
Asaka shahar elektr ta’minoti xodimlari tomonidan 2025 yil 9 iyunda 18-sonli naryad-ijozat asosida ish bajarayotgan brigadaning ishi xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar sababli to‘xtatildi.
O‘rganish davomida brigada ish rahbari S. Y. tomonidan Andijon hududiy dispetcherlik boshqarmasidan tegishli talabnoma asosida ruxsat olmagan holda “Paxtazavod” podstansiyasidan chiquvchi “Bekat” havo tarmog‘ini o‘chirib, ish joyida ko‘chma yerga ulagich o‘rnatmasdan ta’mirlash ishlarini amalga oshirilganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan brigada ishdan chetlashtirildi hamda xavfsizlik chora-tadbirlari to‘liq bajarilishi yuzasidan ko‘rsatmalar berilib, uning bajarilishi nazoratga olindi.