Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Feliks va Sterling klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga bormaydi

Feliks va Sterling klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga bormaydi

Futbolchilar Joau Feliks va Raxim Sterling "Chelsi"ning klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadigan tarkibiga kiritilmadi. OAV xabariga ko‘ra, London klubi transfer bozorida har ikki futbolchi uchun variantlarni topishni rejalashtirgan.

Ayni paytda, Feliksning 14-raqami endi jamoaning yangi futbolchisi Dariu Essuguga berildi. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano xabar berdi.

25 yoshli Feliksning shartnomasi 2031 yilning yoziga qadar amal qiladi. Futbolchi o‘tgan mavsumni "Milan"da ijara asosida o‘tkazgan. Eslatib o‘tamiz, londonliklar portugaliyalik futbolchini 52 million yevro evaziga sotib olishgandi.

Raxim Sterling o‘tgan mavsumda "Arsenal"da ijara asosida o‘ynadi. 30 yoshli angliyalikning shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Kiritildi: 19:07 11.06.2025. O'qildi: 565 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!