"Evropa uzoq muddatli istiqbolda kuchliroq bo‘lishi shart. Rossiya bilan strategik shartnoma zarur, lekin bunday kelishuvni faqat kuchli Yevropa tuzishi mumkin", – deya ta’kidladi Viktor Orban.
Shuningdek, Yevroittifoqning Rossiyaga qarshi sanksiyalari Vengriya va butun Yevropani yo‘q qilayotganiga e’tibor qaratdi Vengriya Bosh vaziri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalar oqibatida Vengriya uch yil ichida 20 milliard yevro zarar ko‘rgan.