Bugun 10 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Portugaliya Millatlar ligasi finalida Ispaniyani penaltilar seriyasida mag‘lub etdi

Portugaliya Millatlar ligasi finalida Ispaniyani penaltilar seriyasida mag‘lub etdi

Portugaliya terma jamoasi Millatlar ligasi finalida Ispaniyani penaltilar seriyasida mag‘lub etdi - 3:2.

Asosiy vaqtda ispaniyaliklardan Martin Subimendi va Mikel Oyarsabal, portugaliyaliklardan Nunu Mendesh va Krishtianu Ronaldu o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Penaltilar seriyasida portugallar aniqroq bo‘ldi - 5:4.

Portugaliyaliklar sardori Ronaldu jarohat tufayli o‘yinni oxirigacha davom ettira olmadi va 88-daqiqada zaxiraga olindi.

Portugaliya tarixda ikkinchi marta Millatlar ligasi g‘olibiga aylandi. U birinchi marta 2019 yilda finalda g‘alaba qozongan. Ispanlar turnir finalida ikkinchi marta mag‘lub bo‘lishdi - avvalroq bu 2021 yilda Fransiyaga qarshi bo‘lgandi.

Kiritildi: 04:07 09.06.2025. O'qildi: 692 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!