Bu haqda Reuters agentligi Eron Islom Respublikasi razvedka vaziri Ismoil Hatibga tayangan holda xabar bermoqda.
Unda Isroildan qo‘lga kiritilgan mamlakat yadro ob’ektlariga doir hujjatlar ham bor.
Ta’kidlanishicha, bir qator kiberhujumlar va Eron agentlarining samarali faoliyati natijasida katta hajmdagi mutlaqo maxfiy hujjatlarni o‘g‘irlashga erishilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu hujjatlarda Isroilning mudofaa salohiyati, shuningdek, AQSh va Yevropa davlatlari o‘rtasidagi aloqalariga oid maxfiy ma’lumotlar mavjud.