Bugun 10 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Renault Ukrainada dronlar ishlab chiqarishni boshlaydi

Renault Ukrainada dronlar ishlab chiqarishni boshlaydi

Bu haqda Reuters xabar bermoqda

Franceinfo radiosining xabar berishicha, avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniya Ukraina hududida frontdan "bir necha o‘n yoki yuz kilometr masofada" harbiy razvedka dronlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi va bu ishlarni "himoya sohasiga ixtisoslashgan Fransiyaning kichik va o‘rta korxonalari" bilan hamkorlikda amalga oshiradi.

Renault kompaniyasi Fransiya Mudofaa vazirligi ularga "dronlarni ishlab chiqarish imkoniyati to‘g‘risida murojaat qilganini" tasdiqladi. Biroq, kompaniya rahbariyati hali qaror qabul qilinmaganini va ushbu loyiha bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni kutib turganini ma’lum qildi.

Avvalroq Fransiya mudofaa vaziri Sebastyan Lekornyu nomi aytilmagan bir fransuz avtomobilsoz kompaniyasi Ukrainada dronlarni ishlab chiqarishni boshlashini, ushbu qo‘shma korxona mahsulotlarining bir qismi Ukraina Qurolli kuchlariga, qolgan qismi esa Fransiya armiyasiga yetkazib berilishini aytgan edi.

Kiritildi: 02:08 09.06.2025. O'qildi: 530 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!