Bugun 10 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

United Airlines aviakompaniyasi o‘z samolyotlaridan Starlink‘ni o‘chiradi

United Airlines aviakompaniyasi o‘z samolyotlaridan Starlink‘ni o‘chiradi

United Airlines aviakompaniyasi o‘zining ba’zi ichki reyslarida Starlink sun’iy yo‘ldosh internetidan foydalanishni vaqtincha to‘xtatib qo‘ydi, deb xabar beradi PSMag.

Qayd etilishicha, bunga Starlink terminallari va uchuvchilarning aviadispetcherlar bilan aloqasini ta’minlaydigan bort antennalaridan bir vaqtda foydalanganda yuzaga kelayotgan statik xalaqitlar sabab bo‘lmoqda.

May oyida United Airlines reklama kampaniyasi doirasida Starlink‘dan bepul foydalanishni taklif qilishni boshlagandi. Ushbu xizmatni taqdim etish boshlangan vaqtida u tez va barqaror ishlagan, kompaniya bo‘lsa 2025 yil oxiriga qadar o‘zining barcha aviaparkini Starlink bilan jihozlash rejasini ma’lum qilgan.

Hozirda servis taxminan 20 ta Embraer E175 samolyotlarida to‘xtatib qo‘yilgan.

Aviatashuvchi muammo havo kemasining kommunikasiya uskunalari va Starlink terminallarini parallel ravishda foydalanishda yuzaga kelayotgan xalaqitlar bilan bog‘liqligini tasdiqlagan. Kompaniya ushbu nosozlik parvozlar xavfsizligi uchun tahdid uyg‘otmasligini qayd etdi.

«Yaqin vaqt ichida ushbu havo kemalarida servis tiklanishini kutyapmiz», — deyiladi United Airlines xabarida.

Kiritildi: 23:55 08.06.2025. O'qildi: 592 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!