Ilon Maskning boyligi bir kunda $33,9 mlrdga kamaydi, deb yozadi Bloomberg.
Agentlik hisob-kitoblariga ko‘ra, bu Bloomberg Billionaires Index tarixidagi ikkinchi eng katta yo‘qotish hisoblanadi.
Qayd etilishicha, Maskning hozirgi zarariga AQSh prezidenti Donald Tramp bilan bo‘lgan ziddiyat sabab bo‘lgan.
Bloomberg hisob-kitoblariga ko‘ra, hozirda Ilon Maskning boyligi $334,5 mlrdga baholanib, u hamon dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallab turibdi.
Biroq, agar AQSh prezidenti Maskning davlat shartnomalarini bekor qilib, Tesla va SpaceX kompaniyalarini daromadning bir qismidan mahrum etsa, zarar sezilarli darajada ortishi mumkin.
Agentlik ta’kidlashicha, milliarderning hozirgi moliyaviy ahvoli Donald Tramp prezidentligining dastlabki oylaridagi boyligi (deyarli $500 mlrd) darajasiga yetmaydi.