Bugun 10 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Firibgarlar sayyohlarning kartalaridan 30 million dollarga yaqin pul o‘g‘irlagan

Firibgarlar sayyohlarning kartalaridan 30 million dollarga yaqin pul o‘g‘irlagan

Aydin viloyatida Turkiya jandarmeriyasi xorijlik sayyohlarning bank kartalaridan pul o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan uyushgan guruhning 20 nafar a’zosini qo‘lga oldi.

Bu haqda Ege Telgraf nashri ma’lum qildi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, noqonuniy faoliyatdan ko‘rilgan zarar 1 milliard 150 million turk lirasini (29,2 million dollar) tashkil etgan. Kamida 268 kishi firibgarlar qurboniga aylandi.

Uyushtirilgan guruh a’zolarini qo‘lga olish bo‘yicha operasiya Turkiyaning bir qancha shaharlarida, jumladan Antaliya, Izmir va Istanbulda o‘tkazildi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, uyushgan guruh faoliyatini Egey dengizi sohilida joylashgan Kushadasi kurort shahridagi mehmonxonalardan birining egasi muvofiqlashtirgan.

Aniqrog‘i, huquq-tartibot idoralari xodimlari Qushadasidagi mehmonxonalarda POS-terminallar yordamida amalga oshirilgan shubhali operasiyalarni aniqlab, firibgarlarning faoliyatini 4 oy davomida kuzatib borishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, jinoyatchilar sayyohlarning bank kartalaridan olingan ma’lumotlarni boshqa mehmonxonalar va avtomobil ijarasi kompaniyalari bilan bo‘lishgan.

Sayyohlar bank kartalaridan noqonuniy ravishda pul yechib olingani haqida o‘z mamlakatiga qaytganlaridan keyingina xabar topishgan. Qurbonlarning millati haqida hech narsa aytilmagan.

Kiritildi: 21:49 08.06.2025. O'qildi: 732 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!