Bugun 10 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Italiyada migrasiyaga oid muhim referendum boshlandi

Italiyada migrasiyaga oid muhim referendum boshlandi

Bugun va ertaga Italiya fuqarolari migrasiyaga oid referendumda ishtirok etishadi. Unda mamlakatda yashovchi muhojirlar uchun fuqarolik olish muddatini 10 yildan Germaniya va Fransiyadagi kabi 5 yilgacha qisqartirish masalasi ko‘rib chiqiladi.

Agar referendum ma’qullansa, bu Italiyadagi immigrasiya qonunchiligini yumshatishga qarshi bo‘lgan o‘ngchi bosh vazir Jorja Meloni hukumati uchun jiddiy muammo keltirib chiqarishi mumkin. Melonining o‘zi hukumat a’zolari bilan birga referendumda ishtirok etishini, biroq ovoz bermasligini aytgan. Uning bu qarori jamoatchilik tomonidan «nodemokratik yondashuv» sifatida tanqid qilindi.

So‘rovnomalarga ko‘ra, referendum 40% dan ortiq ovoz to‘play olmaydi. Ushbu tashabbus qonuniy kuchga kirishi uchun eng kamida 50% ovozga ega bo‘lishi lozim.

Kiritildi: 20:43 08.06.2025. O'qildi: 469 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!