Bugun 10 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Sanepidqo‘mita jaziramada kiyinish bo‘yicha tavsiyalar berdi

Sanepidqo‘mita jaziramada kiyinish bo‘yicha tavsiyalar berdi

Yoz faslida inson organizmi haddan tashqari suvsizlanadi. Hech kimga sir emaski, shaharda havo harorati 40 darajadan oshishi mumkin. Havo issiq bo‘lganda jon saqlash uchun inson o‘z kiyimlariga, ovqatlanish rasioniga va salqinlanish usullariga yaxshilab e’tibor bergani ma’qul. Ayniqsa garderobdagi kiyimlarga alohida e’tibor berish kerak?

✅Havo isiganda ko‘pchilik ochiq kiyinishga harakat qiladi

⏹️Bu go‘yoki salqinlanishga yordam beradi, deb o‘ylash tabiiy. Lekin aslida u faqat havo harorati tana haroratidan past bo‘lsagina amalga oshishi mumkin. Harorat 37 darajadan o‘tishi bilanoq, tana o‘z-o‘zidan termoregulyasiya bilan kurashishni to‘xtatadi. Terining ochiq qolgan qismidan ajralgan ter uni sovitishga vaqt topolmay, bir zumda bug‘lanadi. Yopiq liboslar esa bunday vaqtda ajoyib yechim, chunki u terning tez bug‘lanishidan saqlaydi.

✅Yana bir sabab quyoshning jaziramasi

⏹️Agar butun tana bo‘ylab SPF (quyoshdan asrovchi omil – uning tarkibiy qismi terini ultrabinafsha nurlaridan asraydi va bu nurlarni o‘ziga singdirib oladi) qo‘llangan bo‘lsa ham ter tufayli badan himoyasiz qoladi. Keng va yopiq kiyim quyosh va shafqasiz ultrabinafsha nurlaridan asraydi. Shuning uchun jaziramada uzun ko‘ylak, etagi keng yubka va shlyapalar kiyish tavsiya etiladi.

✅Tabiiy va ochiq rangda kiyining

⏹️Jaziramada imkon qadar tabiiy matolardan tikilgan kiyim tanlash tavsiya etiladi. Bu matolarning barchasi havo o‘tkazadi va namlikni darhol o‘zlashtiradi. Agar tabiiyligiga ishonchingiz komil bo‘lsa, albatta, ipak ham kiyishingiz mumkin.
Qolaversa, yoz uchun qora, to‘q yoki quyuq ranglar mos kelmaydi. Issiqda quyosh nurlarini qaytarish va kamroq isish uchun ochiq yoki oq rangli kiyim kiyish lozim.

✅Qatlam uslubida kiyining

⏹️Bu g‘alati tuyiladi, lekin Osiyoning milliy chopon liboslarini eslang. Qatlamli kiyim organizm va atrofdagi issiq muhit o‘rtasida me’yorni hosil qiladi. Mayka, top yoki yengil futbolka ustidan keng ko‘ylak, nimcha kiyish jaziramada isib ketishning oldini oladi.

✅Bosh kiyim kiying

⏹️Engil sharf, paxta panama, shlyapa — asosiysi bosh quyosh nuri ostida qolmasligi kerak. Aks holda, boshning yuqori qismi issiqdan aziyat chekadi. Quyosh urishi jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin. Bosh kiyimning afzalligi shundaki, agar butunlay chidab bo‘lmas darajada issiq bo‘lsa ham, uni namlash va shu orqali salqinlanish mumkin.

Kiritildi: 14:45 08.06.2025. O'qildi: 564 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!