Bugun 10 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

500 foizlik boj: Jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin

500 foizlik boj: Jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin

Rossiya energetikasini xarid qilayotgan mamlakatlarga qarshi 500 foizlik boj joriy etish haqidagi yangi qonun loyihasi Kongress tomonidan ko‘rib chiqilayotgan vaqtda jiddiy o‘zgarishlarga yuz tutishi mumkin — Politico.

Politico nashri ekspertlarga tayanib xabar berishicha, AQSh senatori Lindsi Grem tomonidan taklif etilgan Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasi Kongressdagi muhokamalar chog‘ida jiddiy o‘zgarishlarga uchrashi ehtimoli yuqori. Nashrning yozishicha, mazkur hujjat yuzasidan muhokamalar ancha vaqt olishi mumkin.

“Gremning loyihasida nazarda tutilgan ayrim cheklovlar juda ziddiyatli sanaladi. Xususan, unda keltirilgan Rossiyadan energiya manbalarini xarid qilayotgan mamlakatga 500 foizlik boj to‘lovi joriy etish taklifi qabul qilinsa, AQSh o‘zining eng yaqin hamkori hisoblangan Yevropa davlatlari kabi yirik iqtisodiy kuchlardan ayrilishi mumkin”, deb yozadi nashr.

Garchi senator Grem Kiyevga yordam berayotgan mamlakatlar uchun istisno ko‘zda tutish taklifini bildirgan bo‘lsa-da, ekspertlar bu kabi yuqori bojlar amalga oshishiga shubha bilan qaramoqda.

Maqolada ta’kidlanishicha, AQSh hanuzgacha atom elektr stansiyalarini yoqish uchun Rossiyadan boyitilgan uran import qilib keladi, bu esa uning o‘zi ham ushbu qonunga amal qilolmasligini bildiradi.

"Rossiya neftining asosiy xaridorlari hamon Xitoy va Hindiston bo‘lib qolmoqda. Agar, masalan, Xitoyda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga 500 foizlik boj joriy etilgudek bo‘lsa, bu alal-oqibat mamlakatda narxlarning keskin oshib ketishiga, yetkazib berish zanjirlarining uzilishiga va hatto ishsizlik darajasining ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin. Bu qaror AQSh bilan Xitoy o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarning keskin to‘xtashiga sabab bo‘lib, amerikaliklarning o‘ziga jiddiy zarar yetkazadi", deyiladi maqolada.

Avvalroq Donald Tramp ushbu qonun loyihasi yuzasidan hali qaror qabul qilmaganini va uni senatorlar bilan muhokama qilmaganini aytgan edi.

Kiritildi: 12:20 08.06.2025. O'qildi: 980 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!