Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQSh tomonidan mamlakatga havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari sotilishi masalasida hali ham aniq javob berilmayotganini tanqid qildi. Uning ta’kidlashicha, Ukraina o‘zining havo mudofaasini kuchaytirish uchun faol harakat qilmoqda, biroq AQShdan hech qanday amaliy yordam kelmayapti.
«Biz havo hujumiga qarshi mudofaa tizimimizni mustahkamlash ustida ish olib boryapmiz. Bu yo‘nalishda AQShdan aniq va ijobiy ishoralar juda zarur. Biz hali ham Ukrainaga yordam berishi mumkin bo‘lgan ushbu tizimlarni sotib olish taklifimizga javobni kutyapmiz. Bizga so‘zlar emas, amaliy qadamlar kerak», — dedi Zelenskiy o‘zining kechki videomurojaatida.
Avvalroq AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Qo‘shma Shtatlarda ortiqcha Patriot tizimlari mavjud emasligini ma’lum qilgan edi.