Bugun 10 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp Maskni qo‘llab-quvvatlamoqchi bo‘lganlarni jiddiy ogohlantirdi

Tramp Maskni qo‘llab-quvvatlamoqchi bo‘lganlarni jiddiy ogohlantirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp, agar Ilon Mask respublikachilar tomonidan taklif etilgan byudjet loyihasiga qarshi chiqqan demokrat nomzodlarni moliyalashga qaror qilsa, “jiddiy oqibatlarga” duch kelishini aytdi.

Bu haqda Oq uy rahbari NBC News telekanaliga telefon orqali bergan intervyusida ma’lum qilgan.

"Agar u buni qilsa, buning uchun pul to‘lashi kerak bo‘ladi. Bu juda og‘ir oqibatlarga olib keladi", deb ta’kidladi Tramp, u qanday choralar haqida gapirayotganini oshkor qilishdan bosh tortar ekan.

Avvalroq Tramp va Mask o‘rtasida ommaviy mojaro yuzaga kelgan, natijada X va Truth Socialda bir qator o‘zaro ayblovlar va tahdidlar yuzaga kelgan edi. Prezident Mask bilan munosabatlarni tiklash niyatida emasligini qayd etdi.

Amerika rahbari, shuningdek, ularning o‘zaro hamkorligini tugallangan deb hisoblashini qo‘shimcha qildi. "Men shunday deb o‘ylayman, ha", dedi Tramp kelajakda Mask bilan bog‘lanish niyatida emasligini ma’lum qilib. "Mening boshqa qiladigan ishlarim juda ko‘p. Men u bilan gaplashmoqchi emasman", deb qo‘shimcha qildi Oq uy rahbari.

Kiritildi: 10:39 08.06.2025. O'qildi: 713 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!