Bogotada suiqasd uyushtirilgan kolumbiyalik senator va prezidentlikka potensial nomzod Migel Uribe Turbayaning ahvoli haqida ilk tafsilotlar ma’lum bo‘ldi.
Mahalliy Blu Radio nashri xabar berishicha, siyosatchi dastlab Medicentro klinikasiga olib ketilgan, u yerda shifokorlar uning ahvolini barqarorlashtirishga muvaffaq bo‘lishgan.
Keyinchalik bemorni "malakali tibbiy brigada tomonidan ixtisoslashtirilgan yordam ko‘rsatish uchun" boshqa tibbiyot muassasasiga o‘tkazishga qaror qilindi.
"Rasmiy tibbiy hisobot e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, siyosiy yetakchiga yaqin manbalar uning hushida va doimiy kuzatuv ostida ekanligini aytishdi", deb yozadi Blu Radio.
Kolumbiya polisiyasi direktori Karlos Fernando Triananing aytishicha, voyaga yetmagan shaxs gumondor sifatida qo‘lga olingan, u oyog‘idan yaralangan va hozirda shifokorlar nazorati ostida davolanmoqda. Hodisa natijasida ikki kishi, bir erkak va bir ayol ham tan jarohati olgan, jinoyat quroli voqea joyidan topilib, olingan.
Bundan tashqari, rasmiylar suiqasdning barcha ishtirokchilarini aniqlashga yordam beradigan har qanday ma’lumot uchun 3 milliard peso (taxminan 730 ming AQSh dollari) miqdorida pul mukofoti e’lon qilindi.