Bugun 10 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Meksika AQShda muxojirlarga qarshi uyushtirilgan reydlardan xavotirda

Meksika AQShda muxojirlarga qarshi uyushtirilgan reydlardan xavotirda

Meksika Kaliforniyaning Los-Anjeles shahrida juma kuni boshlangan noqonuniy muhojirlarning ommaviy hibsga olinishidan chuqur xavotir bildirdi.

Bu haqda Meksika tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilgan.

"Meksika Tashqi ishlar vazirligi Immigrasiya va bojxona nazorati (ICE) tomonidan AQShning turli shaharlarida, xususan Los-Anjelesda (Kaliforniya shtati) yaqinda o‘tkazilgan, muhojirlar, shu jumladan, Meksika fuqarolarining hibsga olinishiga olib kelgan operasiyalardan chuqur xavotir bildiradi", deyiladi departament saytida e’lon qilingan bayonotda.

Shu munosabat bilan Meksika hukumati "Hurmat bilan, lekin qat’iy ravishda AQSh rasmiylarini barcha migrasiya tartib-qoidalari tegishli yuridik amaliyotga muvofiq, inson qadr-qimmatini hurmat qilish va qonun ustuvorligi doirasida amalga oshirilishini ta’minlashga chaqiradi".

Meksika diplomatik missiyasi Qo‘shma Shtatlardagi o‘zining konsullik tarmog‘i orqali "hibsga olingan meksikaliklarga tegishli huquqiy maslahat va adolatli munosabatda bo‘lishini ta’minlash" uchun konsullik yordami va himoyasi mexanizmlarini faollashtirganini ta’kidladi.

Amerika matbuotiga ko‘ra, juma kuni Los-Anjelesda noqonuniy muhojirlarni ommaviy hibsga olish boshlandi; shanba oqshomiga kelib, immigrasiya qonunlarini buzganlikda ayblanib, kamida 44 kishi hibsda edi. Huquq-tartibot idoralarining harakatlariga javoban shaharda namoyishlar boshlandi. CBS telekanalining qayd etishicha, namoyishchilar huquq-tartibot idoralari xodimlari ishiga to‘sqinlik qilishga uringan, yo‘lni to‘sib, ICE xodimlariga tosh va petardalar otgan.

Oq uy prezident Donald Trampning buyrug‘i bilan tartibsizliklarga qarshi kurash uchun Los-Anjelesga Milliy gvardiyaning 2000 askari yuborilishini ma’lum qildi.

Kiritildi: 10:25 08.06.2025. O'qildi: 423 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!