Bugun 8 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston bir guruh Ukrainalik bolalarni bag‘riga oldi

O‘zbekiston bir guruh Ukrainalik bolalarni bag‘riga oldi

Qurbon hayiti arafasida O‘zbekiston tomonining ko‘magi bilan bir guruh ukrainalik bolalar dam olish va reabilitasiya uchun Toshkentga keldi.

12 kun davomida ular uchun maxsus dam olish va psixologik tiklanish dasturi ko‘zda tutilgan. Bolalar Ukrainaning jangovar harakatlardan aziyat chekayotgan turli viloyatlaridan, xususan, Xarkov, Xerson, Nikolayev, Zaporoje, Sumi, Xmelnitskiy, Lvov va Kiyev shaharlaridan tashrif buyurishgan.

Ukraina Elchixonasining murojaatiga javoban O‘zbekiston tomonining taklifi va to‘liq ko‘magi bilan tashkil etilgan ushbu gumanitar missiya bolalarga ruhiy muvozanatni tiklashga hamda har kungi havo hujumlari va raketa zarbalaridan chalg‘ib dam olishga yordam berishni maqsad qilgan.

“Tashrif dasturi juda mazmunli bo‘lib, bu O‘zbekiston davlat organlarining misli ko‘rilmagan darajada jalb etilganidan dalolat beradi. Uni amalga oshirishda mamlakatning deyarli barcha tegishli vazirlik va idoralari ishtirok etmoqda”, deyiladi Ukrainaning O‘zbekistondagi elchixonasi xabarida.

Kiritildi: 22:46 06.06.2025. O'qildi: 980 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!