Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi dunyodagi eng baland temir yo‘l ko‘prigini ochdi — u Eyfel minorasidan 35 metr baland
«Bitta kamarli ko‘prik» deb nomlangan inshoot Kashmir vodiysini mamlakatning qolgan qismi bilan ilk bor temir yo‘l orqali bog‘laydi.
Chenab daryosi ustidan o‘tgan ushbu ramziy infratuzilma loyihasi 20 yildan ziyod qurilgan va Hindistonga o‘nlab million dollarga tushgan.